Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Qozog‘iston ommaviy "svet" o‘chishida O‘zbekiston va Qirg‘izistonni aybdor qilib ko‘rsatdi

Qozog‘iston ommaviy "svet" o‘chishida O‘zbekiston va Qirg‘izistonni aybdor qilib ko‘rsatdi

O‘zbekiston, Qozog‘iston va Qirg‘izistonning ayrim viloyatlarida elektr energiyasidagi uzilishlar Qozog‘iston elektr tarmoqlarida ro‘y bergan yirik avariya bilan bog‘liq, deya xabar beradi O‘zbekiston Energetika vazirligi.

«Qozog‘iston elektr tarmog‘idagi yirik avariya natijasida Olmaota, Chimkent, Turkiston viloyatlari va unga tutash hududlarni elektr ta’minotida uzilishlar yuzaga keldi», — deyiladi xabarda.

Bu Qozog‘istondan kelayotgan 530 ta elektr uzatish liniyalarida kuchlanishning keskin o‘zgarishiga olib keldi, Toshkent va Sirdaryo issiqlik elektr stansiyalarida avariyadan himoya vositalari ishlagan, shu sababli ular o‘chib qolgan.

O‘z navbatida Qozog‘istonda elektr ta’minotidagi favqulodda uzilish O‘zbekiston va Qirg‘iziston energetiklarining aybi bilan sodir bo‘lganini ma’lum qilgan. “Markaziy Osiyo (O‘zbekiston, Qirg‘iziston) energetika tizimida yuzaga kelgan jiddiy favqulodda nomutanosiblik tufayli 500 kV «Qozog‘istonning Shimoliy-Sharqiy-Janubiy» elektr energiyasi tranzitida quvvat keskin ko‘tarildi, deya xabar beradi Qozog‘iston elektr tarmoqlarini boshqarish kompaniyasi.

Bu esa Qozog‘iston janubida «favqulodda tranzitni ajratish» va elektr energiyasining uzilishiga olib keldi. Tizim operatori avariyani bartaraf etish choralarini ko‘radi.

Qirg‘iziston Energetika vazirligi avariya qo‘shni davlatlarda sodir bo‘lganini ma’lum qildi.

Kiritildi: 14:52 25.01.2022. O'qildi: 17211 marta. Fikrlar soni: 24 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!