Qozog‘iston milliy jamoasi Millatlar ligasi 6-turida Norvegiyaga 0:5 hisobida mag‘lub bo‘lgach, 2024 yilni rasmiy o‘yinlardagi g‘alabasiz seriya bilan yakunlaydigan bo‘ldi.
Qo‘shni mamlakat jamoasi joriy yilda jami 11ta o‘yin o‘tkazdi va faqatgina o‘rtoqlik bahsida Turkmaniston ustidan g‘alaba (2:0) qozondi. Shundan keyin ketma-ket o‘yinlarda mag‘lubiyatga uchradi: Gresiya (0:5), Lyuksemburg (1:2), Armaniston (1:2) va Ozarboyjonga (2:3).
Stanislav Cherchesov murabbiyligida Qozog‘iston 6 sentyabr kuni Norvegiya bilan o‘z maydonida durang (0:0) o‘ynagan bo‘lsa, so‘ng Sloveniya (0:3 va 0:1) va Avstriyaga (0:4 va 0:2) qarshi uchrashuvlarda mag‘lub bo‘ldi.
Eslatib o‘tamiz, Magomed Adiyev may oyida iste’foa chiqqan, uning o‘rnini rossiyalik taniqli murabbiy Stanislav Cherchesov egallagandi.