Qozog‘iston janubidagi Turkiston viloyatining 27 qishlog‘ida spirtli ichimliklar taqiqlanganidan keyin jinoyatlar to‘xtadi. Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
"Qozog‘iston janubida spirtli ichimliklar savdosining taqiqlanishi mintaqada tartib va xavfsizlikni ta’minlashga ijobiy ta’sir ko‘rsatdi – jinoyatlar amalda yo‘qoldi", deyiladi vazirlikning bu haqdagi hisobotida.
Masalan, 1500 nafar aholi istiqomat qiladigan Madeni qishlog‘ida so‘nggi ikki yilda birorta ham jinoyat sodir etilmagan.
Afsuski, dinimizda harom qilingan aroqning qanchalik zararli ekani ko‘p bora isbotlangan bo‘lsa-da, ko‘pchilik musulmon davlat rahbarlari buni tan olishni istashmaydi. Aksincha turli bahonalar bilan insonlarni to‘g‘ri yo‘lga boshlovchi, buzg‘unchiliklardan qaytaruvchi Islomga qarshi kurashishadi.