Qozog‘iston Prezidenti Qasim-Jomart Toqayev topshirig‘iga ko‘ra, Qozog‘iston Falastinga qo‘shimcha gumanitar yordam yetkazadi, deb xabar beradi QR Hukumati matbuot xizmati.
Bu masala Qozog‘iston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari Roman Sklyar raisligidagi Hukumat komissiyasining yig‘ilishida muhokama qilindi.
Insonparvarlik yordami umumiy og‘irligi 38 tonnadan ortiq bo‘lgan oziq-ovqat, ko‘rpa-to‘shak, dori-darmon va tibbiy buyumlardan iborat. Tez orada yuklar havo transporti orqali jo‘natiladi.
Bungacha Qozog‘iston Falastin xalqiga 1 million dollar miqdorida gumanitar yordam ko‘rsatgandi.