Bugun 2 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Qozog‘iston chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlik uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi

Qozog‘iston chegarasini noqonuniy kesib o‘tganlik uchun javobgarlik keskin kuchaytirildi

O‘zbekistonning Aktau shahridagi Bosh konsulligi qo‘shni Qozog‘iston Respublikasida davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish holatlari ortib borayotgani haqida ogohlantirdi.

So‘nggi kunlarda O‘zbekiston fuqarolari tomonidan davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga urinish holatlari qayd etilgan. Qozog‘iston Respublikasi vakolatli idoralar ma’lumotlariga ko‘ra, ushbu shaxslar qo‘lga olingan va jinoyat kodeksining 392 va 394 moddalari bo‘yicha jinoiy javobgarlikka tortilgan.

Shuningdek, joriy yilning sentyabr oyidan boshlab qo‘shni davlat ushbu turdagi huquqbuzarliklar uchun jazoni yanada qat’iylashtirgan. Endilikda chegarani buzish holatlari uzoq muddatli qamoq jazosiga sabab bo‘lishi mumkin.

Bosh konsullik vatandoshlarni noqonuniy sxemalarga aldanmaslikka, davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki bunga urinish jinoiy javobgarlikka olib kelishini unutmaslikka chaqirdi.

Kiritildi: Bugun 13:48. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!