Bugun 14 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Qozog‘iston boks federasiyasi World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

A A A
Qozog‘iston boks federasiyasi World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun ariza topshirdi

Qozog‘iston boks federasiyasi uzoq davom etgan muhokamalar va ekspertiza natijasida muhim qaror qabul qildi. Qozog‘iston World Boxing tashkilotiga a’zo bo‘lish uchun rasmiy ariza topshirdi.

Qozog‘iston Respublikasi boks federasiyasi matbuot xizmati ta’kidlaganidek, bu qaror mahalliy bokschilarning Olimpiya kelajagi bilan bevosita bog‘liq.

“Hozir boksning Olimpiada dasturida qolishi masalasi XOQ darajasida muhokama qilinmoqda. Biz boksni Olimpiya o‘yinlari dasturida saqlab qolish uchun barcha davlatlar bilan hamkorlik qilishga tayyormiz. Ushbu qaror boksni yanada rivojlantirish imkonini beradi, deb hisoblaymiz. World Boxing olimpiya komissiyasi raisi, Milliy olimpiya qo‘mitasi prezidenti Gennadiy Golovkin bilan uchrashuvda mahalliy boksni rivojlantirish yo‘llarini muhokama qildik”, – dedi federasiya rahbari Shohmurat Mutalip.

World Boxing – Xalqaro boks federasiyasi. Ushbu tashkilot 2023 yil aprel oyida tashkil etilgan. Ayni paytda uning tarkibiga 44 davlat milliy federasiyalari kiradi.

Kiritildi: 21:25 26.09.2024. O'qildi: 1514 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!