Bugun 1 aprel, 2026 yil, chorshanba

КИР

Qoyil! Bittagina tunes balig‘i 1,8 mln dollarga sotildi

A A A
Qoyil! Bittagina tunes balig‘i 1,8 mln dollarga sotildi

Tokiodagi an’anaviy baliq auksionida 278 kglik ko‘k tunes balig‘i 193,2 mln iyenga (1,8 mln dollar) sotildi. Bu haqda NHK nashri ma’lum qildi. 

Auksion an’anaviy ravishda yanvar boshida Tokio bo‘g‘ozi yaqinidagi Toyesu tumanidagi dunyodagi eng yirik baliq bozorlaridan birida o‘tkaziladi. Ushbu turdagi baliq uchun eng yuqori narxni qatorasiga ikkinchi yil Sushi Zanmai sushi restoranlari tarmog‘iga egalik qiluvchi Kiyomura kompaniyasi taklif qildi. 2018 yilda ham ushbu kompaniya ko‘k tunes uchun 333,6 mln iyen (3 mln dollar) to‘lagandi. 

Kompaniya egasi Kiyesi Kimura o‘z mijozlarini mazali tunes bilan mehmon qilish uchun pulni ayab o‘tirmaydi. Kimura ushbu auksionda muntazam ishtirok etib, eng yuqori narxlarni taklif qilib keladi. Auksionda sotilgan baliqni tutgan 57 yoshli erkakning aytishicha, bunday ovni har bir baliqchi orzu qiladi.

Butunjahon yovvoyi tabiat jamg‘armasi saytida ko‘rsatilishicha, ko‘k tunes yo‘q bo‘lib ketish yoqasida turgan tur hisoblanadi. Ushbu turdagi katta yoshli baliq uzunligi 3 metrgacha, og‘irligi esa 680 kg.gacha yetishi mumkin.

Kiritildi: 06:50 06.01.2020. O'qildi: 8931 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!