“Qovun sayli – 2025” Xorazmning madaniy, gastronomik va sayyohlik salohiyatini yana bir bor yorqin namoyish etdi. Uch kun davomida Xiva shahri qovun iforiga to‘ldi, minglab mahalliy va xorijiy mehmonlar turli xil navdagi qovunlardan bahramand bo‘ldi, xalqona o‘yinlar va folklor chiqishlardan zavq oldi.
Festival doirasida 22 ta tematik stend faoliyat ko‘rsatdi, qovunchilik sohasidagi eng yaxshi mahsulotlar va texnologiyalar taqdim etildi. Tanlov g‘oliblari diplom va maxsus sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Bu yilgi bayram nafaqat qovunning mazasini, balki Xorazm mehmondo‘stligini, milliy an’analarini va ijodiy salohiyatini yanada keng targ‘ib qildi.