Majburiy ijro byurosi Qorqalpog‘iston Respublikasi tuman (shahar) bo‘limlari qidiruv sho‘’basi davlat ijrochilari tomonidan sud qarorlariga asosan qarzdor deb topilgan 544 ta shaxslarga nisbatan qidiruv e’lon qilingan.
Boshqarmaning qidiruv shu’basi xodimlari tomonidan o‘tgan 2023-yil davomida o‘tkazilgan, qidiruvdagi shaxslarni qidirib topishga qaratilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida jami 269 ta shaxslar qidirib topilishiga erishilgan.
Misol uchun, Fuqarolik ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudi tomonidan qarzdor deb topilgan fuqaro K.A. undiruvchi S.M.ning foydasiga har oyda to‘lashi lozim bo‘lgan aliment pullarini to‘lashdan bo‘yin tovlab, yashash manzili bo‘lgan Beruniy tumani Xayot ko‘chasida joylashgan uyida doimiy ravishda bo‘lmaganligi hamda uning yashash manzili haqida aniq ma’lumotlar bo‘lmaganligi sababli Byuroning Beruniy tuman bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan 04.03.2021 yili qidiruv e’lon qilingan.
Boshqarmaning qidiruv shu’basi va huquqni muxofaza qiluvchi organlar xodimlari bilan xamkorlikda olib borilgan tezkor – qidiruv tadbirlari natijasida qarzdor K.A. Toshkent shahrida yashirinib yurganligida topilgan. Shu bois, unga nisbatan ma’muriy javobkarlik masalasini darhol hal etish maqsadida yig‘ilgan hujjatlar Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudiga o‘tkazilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Beruniy tuman sudi qarzdor K.A.ga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi qo‘llanilgan paytda qarzdor tomonidan jami 30 mln. so‘mdan ortiq aliment pullari to‘lab berilgan.
Hozirgi vaqtda Majburiy ijro byurosi Qorqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan maxalliy qidiruvda bo‘lgan 72 ta va chet ellarga chiqib ketgan 203 nafar shaxslarni qidirib topishga qaratilgan tezkor qidiruv tadbirlari davom ettirilmoqda.