Bugun 24 noyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonlik bemor bolalarda yuqori texnologik operasiyalar o‘tkaziladi

Qoraqalpog‘istonlik bemor bolalarda yuqori texnologik operasiyalar o‘tkaziladi

Joriy yil sentyabr oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida AQShning 22 nafar va poytaxtimizdagi Bolalar milliy tibbiyot markazining yetakchi mutaxassislari tomonidan “Salomatlik oyligi” o‘tkaziladi.

Oylik doirasida 60 ga yaqin yuragida nuqsoni bo‘lgan bemor bolada yuqori texnologik operasiyalar amalga oshiriladi.

Oldindan puxta tayyorgarlik ko‘rishni talab qiladigan jarayon oldidan Bolalar milliy tibbiyot markazining 6 nafar mutaxassisi Qoraqalpog‘iston Tibbiyot institutining klinikasiga tashrif buyurib, tashkiliy masalalarni o‘rgandi.

Moddiy texnik bazani shakllantirish, operasiya o‘tkaziladigan zallarni tayyorlash, zarur sarflov materiallariga bo‘lgan ehtiyoj manbasini aniqlash va shakllantirish ishlari boshlandi.

Shuningdek, operasiyaga muhtoj bo‘lgan bemorlarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib, saralab olishga e’tibor qaratilmoqda.

Poytaxtlik mutaxassislar klinikadagi sharoitlar bilan to‘liq tanishib, bolalardagi yurak nuqsonlarini aniqlash va ularga tashxis qo‘yish ishlarini davom ettirmoqda.

Kiritildi: 14:57 24.08.2023. O'qildi: 2214 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!