Bugun 2 iyun, 2025 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istondagi «Suyin eshon» masjidi to‘liq ta’mirdan chiqarildi

A A A
Qoraqalpog‘istondagi «Suyin eshon» masjidi to‘liq ta’mirdan chiqarildi

So‘ngi yillarda Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham masjidlarni qayta ta’mirlash, atroflarini obodonlashtirish va qulay shart-sharoitlar yaratishga katta e’tibor qaratilmoqda. Mana shunday masjidlardan biri Bo‘zatov tumanidagi «Suyin eshon» masjididir.

Masjid 1996-1998-yillari bunyod etilib, o‘z ishini boshlagan edi.

2018-yili Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti tashabbusi bilan masjidda katta qayta ta’mirlash ishlari boshlandi. Besh yil davom etgan qurilish ishlaridan so‘ng masjid zamonaviy ko‘rinishda, atroflari obod qilinib, tuman ko‘rkiga ko‘rk qo‘shadigan chiroyli gumbazlarga ega imorat qad rostladi.

30 avgust kuni mazkur masjid binosining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda Bo‘zatov tumani hokimi K. Allaniyazov, Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti qozisi SH. Bauatdinov, imom-xatiblar, tuman aholisi va nuroniylar ishtirok etib, mahalla ahlini barcha qulayliklarga yangi masjid binosi bilan muborak etishdi. Shu bilan birga bunyodkorlik ishlarida xayru saxovat ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz va tashkilotlar haqqiga duolar qilishdi.

«Suyin eshon» masjidi binosini qayta ta’mirlashda qurilish ishlaridaa o‘zlarining xolisona amaliy hǝm moddiy yordamlarini bergan insonlardan Alloh taoloning O‘zi rozi bo‘lsin.

Kiritildi: 23:33 03.09.2023. O'qildi: 1868 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!