Bugun 9 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Qoraqalpog‘istonda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Qoraqalpog‘istonda MIB orqali bolalar onasiga qaytarildi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi sudining ijro hujjatiga asosan voyaga yetmagan uch nafar farzandlarni javobgar G.Bdan farzandlar onasi SH.R.ning tarbiyasiga olib berish belgilangan.

Ushbu ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Ellikqal’a tuman bo‘limi ish yurituviga kelib tushib, bo‘lim xodimlari tomonidan ijro harakatlariga kirishilgan.

Xususan, ijro hujjati ijrosini ta’minlash maqsadida bo‘lim xodimlari tomonidan javobgarning yashash manziliga bormasdan, shovqin-suron bo‘lishini oldini olgan holda javobgar va da’vogarlar joriy yilning 10 dekabr kuni Byuroga chaqirilib, javobgarga sud qarori ijrosi ta’minlanishi lozimligi, uning ijrosini ta’minlamaslik oqibatlari haqida batafsil tushuntirishlar berilgan.

Shuning natijasida, javobgar Majburiy ijro byurosi Ellikqal’a tuman bo‘limining o‘zida olib berilishi lozim bo‘lgan bolalarni ixtiyoriy ravishda onasi bag‘riga qaytarib, sud qarori ijrosini ta’minlagan.

Kiritildi: 12:00 07.01.2026. O'qildi: 529 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!