Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi hamda IIV bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda, fuqaro Q.R. manzil koloniyasida jazo o‘tayotgan A.ning ishonchiga kirib, uning jazo muddatini yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali barvaqt tugatib berish evaziga 2 500 AQSh dollarini olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.