Vladimir Jollibekov Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi raisining o‘rinbosari — Investisiya va tashqi savdo vazirligi rahbari etib tayinlandi.
Vladimir Jollibekov 28 oktyabr kuni Qoraqalpog‘iston investisiya va tashqi savdo vaziri etib tayinlandi. Bu haqda Vazirlar Kengashi axborot xizmati xabar berdi.
U tayinlovga qadar O‘zbekiston Respublikasining Indoneziya Respublikasidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi lavozimida faoliyat olib borgan.
Jollibekov, shuningdek, Qoraqalpog‘iston investisiyalar va tashqi savdo vazirining birinchi o‘rinbosari, ushbu vazirlik rahbari hamda BAAdagi O‘zbekiston elchixonasining savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchisi bo‘lib ishlagan.