Bugun 23 dekabr, 2024 yil, dushanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Qoraqalpog‘istonda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlari fosh etildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Beruniy tumani bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda“T.CH.” fermer xo‘jaligi mas’ul shaxslari tijorat maqsadida o‘zboshimchalik bilan elektr energiyasi tarmog‘iga ulanib, jami 288,2 mln so‘mlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Shu kabi, Departamentning Xo‘jayli va Ellikqal’a tumani bo‘limlari tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvlarda “N.-J.” oilaviy korxonasi va “D.S.” MCHJ mas’ul shaxslari tijorat maqsadida umumiy foydalanishdagi elektr va gaz tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulanib, jami 210,5 mln so‘mlik energiya resurslaridan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Kiritildi: 15:20 22.12.2024. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!