Bugun 27 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usini o‘ldirgan shaxs hayvonot dunyosiga 3,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Qoraqalpog‘istonda 3 bosh Buxoro bug‘usini o‘ldirgan shaxs hayvonot dunyosiga 3,3 mlrd so‘mlik zarar yetkazdi

Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi tasarrufidagi Quyi Amudaryo davlat biosfera rezervati xodimlari tomonidan 3 bosh Buxoro bug‘usi ovlanganligi aniqlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Holat Qoraqalpog‘iston Respublikasi Beruniy tumani IIB tomonidan o‘rganildi. O‘rganish davomida bitta erkak va ikkita urg‘ochi bug‘ular ov miltig‘i bilan o‘ldirilganligi ma’lum bo‘ldi.

Hodisa joyi ko‘zdan kechirilganida rezervatning zaxira yerlaridan 2 ta ov miltig‘i o‘q dorisining plastik bo‘laklari, qonga o‘xshash qizil dog‘lar va ov miltig‘i topildi. Ov miltig‘i ashyoviy dalil sifatida olindi.

Qizil kitobga kiritilgan Buxoro bug‘ulari o‘ldirilishi natijasida hayvonot dunyosiga jami 3 mlrd 375 mln so‘mlik moddiy zarar yetkazilgan.

Holat yuzasidan fuqaro M.K. Jinoyat kodeksining 202-moddasi (hayvonot yoki o‘simlik dunyosidan foydalanish tartibini buzish) 3-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda gumon qilinib, qo‘lga olindi.

Hozirda Beruniy tumani IIB tergov bo‘linmasi tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergovoldi tekishiruv ishlari olib borilmoqda.

Kiritildi: Bugun 09:58. O'qildi: 241 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!