Bugun 28 aprel, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli qizning nomusiga tekkani aytilgan erkak qo‘lga olindi (FOTO)

Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli qizning nomusiga tekkani aytilgan erkak  qo‘lga olindi (FOTO)

Ellikkal’a tumani “Amirobod” OFYda yashovchi fuqaro M.Z. 30.08.2023 yilda tuman IIBga murojaat qilib, 2010 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan nevarasi T.S.ni Ellikkal’a tumani “Amirobod” OFYda yashovchi qo‘shnisi Z.SH. qo‘rqitish va zo‘rlik ishlatish orqali nomusiga tekkanligi sababli, Z.SH.ga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni so‘ragan.

Qoraqalpog‘istonda 13 yoshli qizning nomusiga tekkani aytilgan erkak  qo‘lga olindi (FOTO)

Mazkur holat Respublikasi prokurori tomonidan joyida o‘rganilib, sud tibbiyot ekspertizasining 05.09.2023 yildagi hulosasi, tergovga qadar tekshiruvda to‘plangan ish xujjatlari inobatga olinib, gumon qilinuvchi Z.SH.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat Kodeksining 118-moddasi 4-qismi, 119-moddasi 4-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Tergovning har tomonlama to‘la va xolisona o‘tkazilishi Qoraqalpog‘iston Respublikasi prokurori tomonidan nazoratga olindi.

Kiritildi: 14:22 05.09.2023. O'qildi: 10505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!