Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Qoraqalpog‘iston Respublikasi boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda Nukus shahrida faoliyat yurituvchi “D.S.” MCHJ mas’ul shaxslari qurilishi tugallanmagan ko‘p qavatli binoda gaz tarmog‘iga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ulanib, 1,8 mlrd so‘mlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganliklari aniqlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.