Qo‘shma Shtatlar Moliya vazirligi rahbari Skott Bescentning jurnalist Taker Karlsonga bergan intervyusida aytishicha, mart oyi oxirida AQSh va Ukraina o‘rtasida foydali qazilmalar bo‘yicha bitim imzolanishiga hamma narsa tayyor bo‘lgan.
"Ukraina prezidenti Oq uyda janjalli vaziyatni yuzaga keltirishi natijasida bitimning imzolanishi bekor bo‘ldi", — deya izoh berdi Bessent.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina prezidenti bitimni uch marta imzolashga tayyorlangan, ammo uch marta ham fikridan qaytgan. Shunga qaramay, Bessent foydali qazilmalar bo‘yicha kelishuv har ikki davlat uchun foydali ekaniga ishonishini va u yaqin orada imzolanishiga umid qilishini aytdi.