Bugun 10 aprel, 2026 yil, juma

КИР

Qora shokoladning foydali jihatlari ma’lum qilindi

A A A
Qora shokoladning foydali jihatlari ma’lum qilindi

Diyetolog Yana Grishina nima uchun kundalik rasionga qora shokoladni kiritish maqsadga muvofiqligini aytdi.

Uning ta’kidlashicha, qora shokolad kamida 55 foiz tabiiy kakao, atigi 25-35 foiz sutni o‘z ichiga olgan shokolad hisoblanadi.

“Qora shokoladning asosiy farqi shundaki, unda kamroq shakar va ko‘proq antioksidantlar mavjud. Biz qora shokoladdan olingan kaloriyalarning ko‘p qismini sutdagi kabi uglevodlardan emas, yog‘dan olamiz. Qora shokolad temir, magniy, mis, marganes va boshqa foydali minerallarning ajoyib manbaidir. Bundan tashqari, u kayfiyatni ko‘taradi”, degan shifokor.

Mutaxassis kuniga taxminan 20 gramm qora shokolad iste’mol qilish mumkinligini qo‘shimcha qilgan.

“Biroq shokoladni och qoringa yemaslik kerak”, deya xulosa qilgan mutaxassis.

Kiritildi: 23:14 15.06.2023. O'qildi: 4579 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!