Bugun 26 oktyabr, 2026 yil, dushanba

КИР

Qora qum aralashmasini noqonuniy qaziqan huquqbuzarga jarima belgilandi

A A A
Qora qum aralashmasini noqonuniy qaziqan huquqbuzarga jarima belgilandi


Samarqand viloyati Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi Samarqand tuman bo‘limi inspektorlari tomonidan noruta materiallarni noqonuniy ravishda qazib olish holatlarining oldini olishga qaratilgan navbatdagi reyd tadbiri o‘tkazildi.
Reyd davomida fuqaro M.A. Samarqand tumani hududidan oqib o‘tuvchi Darg‘om kanalidan noqonuniy ravishda qora qum aralashmasini qazib, yuk tashuvchi mashinalarga yuklab berayotganligi aniqlandi.

Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 70prim 1-moddasi 1-qismi bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. M.A. bazaviy hisoblash miqdorining 30 barobari — 16 million 480 ming so‘m miqdorida jarimaga torildi.

Reyd tadbirlari davom ettirilmoqda.

Kiritildi: 18:34 11.09.2025. O'qildi: 1118 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!