Jinoyat ishlari bo‘yicha Buxoro viloyat sudining 2011 yil 14 yanvardagi hukmi bilan X.F O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining «a,v» bandlari bilan 9 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga; Jinoyat kodeksi 168-moddasi 3-qismining «a,v» bandlari bilan oylik ish haqining 30 foizini davlat daromadiga o‘tkazish sharti bilan 3 yil muddatga axloq tuzatish ishlari jazosiga; Jinoyat kodeksi 184-moddasining 3-qismi bilan 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga; Jinoyat kodeksi 189-moddasining 3-qismi bilan 6 oy muddatga qamoq jazosiga; Jinoyat kodeksi 205-moddasi 2-qismining «a,b,v» bandlari bilan 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga; Jinoyat kodeksi 206-moddasi 2-kismining «b,v» bandlari bilan 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga; Jinoyat kodeksi 209-moddasi 2-qismining «a,b» bandlari bilan 2 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilib, 4 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga; Jinoyat kodeksining 59,61-moddalari tartibida tayinlangan jazolar qisman qo‘shilib, jinoyatlar majmui bo‘yicha o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum qilinib, 11 yil 6 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga; Jinoyat kodeksi 59-moddasining 8-qismiga asosan o‘talmay qolgan 1 yil 7 oy 15 kun axloq tuzatish ishlari jazosi Jinoyat kodeksining 61-moddasiga asosan tayinlangan jazoga qisman qo‘shilib, o‘tash uchun uzil-kesil 3 yil mansabdorlik va moddiy javobgarlik ishlarida ishlash huquqidan mahrum kilinib, 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosiga sudlangan.
Sudning hukmiga ko‘ra, sudlangan F.X mas’ul mansabdor shaxs bo‘la turib, o‘z mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, o‘zganing juda ko‘p miqdordagi mulkini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilishga yo‘naltirilgan uyushgan guruh tashkil etish, unga rahbarlik qilish, mazkur guruh manfaatlarini ko‘zlab, mansab vakolati doirasidan chetga chiqib, rasmiy hujjatlarga bila turib, takroran soxta ma’lumotlar va yozuvlar kiritish, hujjatlarni qalbakilashtirish, savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalarini juda ko‘p miqdordagi qiymatda buzish, juda ko‘p miqdordagi soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan qasddan bo‘yin tovlash hamda o‘ziga ishonib topshirilgan va ixtiyorida bo‘lgan, davlat va jamiyatning juda ko‘p miqdordagi moddiy boyliklarini takroran o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘llari bilan talon-toroj qilish, davlat idoralariga bila turib qalbaki hujjatlarni taqdim qilish orqali firibgarlik yo‘li bilan davlatning juda ko‘p miqdordagi mulkiga egalik huquqini qo‘lga kiritishda ifodalangan jinoyatlarni qasddan sodir etgan.
Jumladan, F.B 2004 yil 16 iyundan 2009 yil 29 dekabr kuniga qadar «Buxorouyqurilish» OAJ Boshqaruv kengashi raisi lavozimida ishlab kelib, mas’ul mansabdor shaxs bo‘la turib, uz mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda, o‘zining yaqin tanishlari X.T jamiyat bosh hisobchisi T.A «Beton qorish» bo‘limi boshlig‘i T.X «Armatura ishlab chiqarish» sexi boshlig‘i D.N va Buxoro viloyat hokimligi huzuridagi «Yagona buyurtmachi xizmati» injinering kompaniyasi texnik nazoratchisi G.R bilan davlat byudjetidan kollej va boshqa bino-inshootlarni qurish va ta’mirlash uchun ajratiladigan hamda jamiyatga tegishli mablag‘larni o‘zlashtirish maqsadida bitta uyushgan guruhga birlashib, unga rahbarlik qilib kelgan.
Xususan, F.B uyushgan guruh rejasiga muvofiq, Buxoro viloyati Jondor tumani «Navrabot» QFY hududidagi 540 o‘rinli Qishlok xo‘jalik kasb-hunar kollejini qurish bo‘yicha 2007 yil 24 noyabr kuni Buxoro viloyat hokimligi huzurida o‘tkazilgan tender savdolarida ishtirok etib va unda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 2007 yil 03 dekabr kuni buyurtmachi sifatida Buxoro viloyat hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injinering kompaniyasi va bosh pudratchi «Buxorouyqurilish» OAJ o‘rtasida 1.950.161.000 so‘mlik 6-sonli pudrat shartnomasini tuzishga erishib, uyushgan guruh a’zolari T.Rni 2007 yil 01 dekabr kuni jamiyat ish yurituvchisi vazifasiga ishga qabul qilib, texnik nazoratchi R.N va boshka shaxslar bilan birgalikda, bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish, rasmiy hujjatlarga soxta ma’lumotlar kiritish va tegishli ko‘rsatkichlarni noto‘g‘ri qo‘llash yo‘li bilan mahalliy byudjetdan ajratilgan juda ko‘p miqdordagi jami 37.176.500 so‘mlik mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilganlar.
Shuningdek, F.B jinoiy sheriklari R.N va boshqa shaxslar bilan birgalikda, oldindan tuzilgan jinoiy rejaga muvofiq, Buxoro viloyati Jondor tumani «Dalmun» QFY hududidagi 540 o‘rinli Qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-xunar kollejini qurish bo‘yicha 2008 yil 14 oktyabr kuni Buxoro viloyat hokimligi huzurida o‘tkazilgan tender savdolarida ishtirok etib, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritgach, 2008 yil 22 oktyabr kuni buyurtmachi Buxoro viloyat Hokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injinering kompaniyasi va bosh pudratchi «Buxorouyqurilish» OAJ o‘rtasida 2.579.000.000 so‘mlik 7-sonli pudrat shartnomasini tuzishga erishib, ishongan shaxslarini mazkur kollej qurilishiga javobgar shaxs sifatida tayinlab va u orqali bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish, rasmiy hujjatlarga takroran soxta ma’lumotlar kiritish, qurilish ishlarida materiallar miqdori va narxlarini, mashina va mexanizmlar, ish haqi xarajatlarini oshirib ko‘rsatish, mebel-jihozlarni qimmat narxlarda olib kelib o‘rnatish hamda transport va boshqa xarajatlar uchun qo‘llaniladigan koeffisiyentlarni noto‘g‘ri qo‘llash hisobiga mahalliy byudjetdan ajratilgan juda ko‘p miqdordagi jami 67.447.700 so‘mlik mablag‘larni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlar.
Shu bilan birga, F.B jinoiy guruh a’zolari R.N va boshqa shaxslar bilan birgalikda, guruh rejasi asosida o‘zlarining jinoiy faoliyatini davom ettirib, Buxoro viloyati Kogon shaxar Pedagogika kolleji hududidagi 60 o‘rinli yotoqxonani qurish bo‘yicha 2009 yil 26 iyun kuni Buxoro viloyat hokimligi huzurida o‘tkazilgan tender savdolarida ishtirok etib, unda g‘oliblikni qo‘lga kiritib, 2009 yil 13 iyul kuni buyurtmachi Buxoro viloyat Xokimligining «Yagona buyurtmachi xizmati» injiniring kompaniyasi va bosh pudratchi «Buxorouyqurilish» OAJ o‘rtasida 305.263.710 so‘mlik 243-sonli pudrat shartnomasi tuzishga erishib, bajarilmagan ishlarni qo‘shib yozish, rasmiy xujjatlarga takroran soxta ma’lumotlar kiritish, soxta xujjatlar tuzish va ularni taqdim etish orqali mazkur kollej qurilish ishlarida bajarilgan ish hajmini oshirib ko‘rsatish hisobiga maxalliy byudjetdan ajratilgan juda ko‘p miqdordagi 153.203.500 so‘mlik mablag‘ni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlar.
Bundan tashqari, F.B Jondor tumanidagi Qishloq xo‘jalik kasb-xunar kolleji qurilishi jarayonida uyushgan guruh a’zolari T.R., A.M va boshqa shaxslar bilan Buxoro shaxridagi «Ismat Muxammadobod» xususiy korxonasi rahbari X.I va uning bosh xisobchisi bilan pullarni noqonuniy naqdlashtirish borasida o‘zaro jinoiy til biriktirib, xususiy korxona yordamchi pudratchi sifatida ish bajarishi to‘g‘risida 2008 yil 17 yanvar kuni 2-sonli soxta shartnomani tuzib, aslida 207.416.100 so‘mlik ish hajmi «Buxorouyqurilish» OAJ tomonidan bajarilgan bo‘lsa-da, xujjatlarga takroran soxta ma’lumotlar kiritish va qalbakilashtirish yo‘li bilan mazkur ishlar guyoki «Ismat Muxammadobod» xususiy korxonasi tomonidan bajarilganini aks ettiruvchi xujjatlarni 2008 yil mart oyidan avgust oyiga qadar tuzib kelib, bosh pudratchi tomonidan F.B va A.M hamda yordamchi pudratchi tomonidan I.R va bosh xisobchi imzolari bilan tasdiqlangan har oylik soxta 3-shakl ma’lumotnomalari va «5-shakl» dalolatnomalarida ko‘rsatib, shu orqali «Buxorouyqurilish» OAJdan «Ismat Muxammadobod» xususiy korxonasi xisob raqamiga 2008 yilning yanvar-avgust oylari davomida pul ko‘chirish yo‘li bilan o‘tkazilgan jami 204.420.600 so‘mning 80 foizi, ya’ni 163.536.480 so‘mini qonunga xilof ravishda naqdlashtirib olib, qolgan 20 foizi, ya’ni 40.884.120 so‘mdan iborat juda ko‘p miqdordagi qismini savdo va xizmat ko‘rsatish qoidalariga zid ravishda harakat qilgan jinoiy sheriklari I.R va bosh xisobchisiga avvaldan erishilgan kelishuvga ko‘ra, «xizmat haqi» sifatida berib, jamiyatning juda ko‘p miqdordagi 204.420.600 so‘mlik pul mablag‘larini o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan takroran talon-toroj qilganlar.
Shuningdek, F.B jinoiy sherigi T.R bilan birgalikda, T.Rning javobgarligida bo‘lgan tovar-moddiy boyliklar kamomadini yashirish maqsadida, 2008 yilgi «M-29» xisobot jurnaliga yil davomida qurilish ob’ektlarida amalga oshirilgan ishlarda 2.687.800 so‘mlik 1551 kilogramm «Bustilat» nomli yelim harajat qilingani to‘g‘risida soxta ma’lumotlarni kiritib, mazkur mablag‘ni rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlar.
F.B va jamiyat bosh hisobchisi A.Mlar o‘zlariga qonun bilan berilgan mansab vakolati doirasidan chetga chiqib, shuningdek mansab mavqeini suiiste’mol qilgan holda Jamiyat aksiyadorlari roziligini olmay, Jamiyat Kuzatuv kengashining maxsus qarorisiz 2008-2009 yillar davomida Jamiyatning xisob-raqamidan ayrim xodimlar, xususan o‘zlari, X.O., X.S., M.S., ish yurituvchi T.R jinoiy sheriklari N.R., A.M., T.Rlarning uyali telefonlari uchun qayd etilgan davr oralig‘ida jami 5.150.000 so‘m mablag‘ni «Uzdunrobita» MCHJ Buxoro filialiga asossiz ravishda ko‘chirishlari natijasida Jamiyatning ko‘p miqdordagi mablag‘ini takroran rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlar.
Shuningdek, F.B uyushgan guruh a’zolari N.R va A.M bilan birgalikda, 2007-2009 yillar davomida Jamiyatning temir-beton maxsulotlari ishlab chiqarish sexidagi temir qoliplardan kesib olingan 240 dona metall listlarning 114 donasini N.Rning material xisobotlariga jami 76.500.000 so‘mga kirim qilib, ularni tegishli konsalting tashkilotlari orqali baxolamay turli korxona va jismoniy shaxslarga 115.300.000 so‘mga chiqim qilish orqali 373.349.600 so‘mga arzon narxlarda sotib, ulardan tushadigan daromad hisobidan 70.635.700 so‘m soliq to‘lovlari to‘lashdan qasddan buyin tovlab, fuqaro B.T bilan o‘zaro jinoiy til biriktirib, ikki tomonloma shartnoma tuzmasdan, aslida «tonna» og‘irlik o‘lchov birligida hisoblab sotilgan 9 dona metall listni 2009 yil 01 iyun kungi 17-sonli soxta yuk xatiga har bir donasi 1.000.000 so‘mdan jami 9.000.000 so‘mga sotilgani to‘g‘risidagi yolg‘on ma’lumotlarni kiritish yo‘li bilan ularning bahosini qasddan kamaytirib ko‘rsatgan holda chiqim qilib, sudlanuvchi T.B tomonidan o‘zlashtirish orqali talon-toroj qilinib, qolgan 126 dona, ya’ni 490.920.000 so‘mlik metall listlarni Jamiyatga kirim qilmay, qasddan yashirib, ularni shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslarga sotib, Jamiyatning jami 864.269.600 so‘mlik mablag‘ini takroran o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilib, davlatga to‘lanishi lozim bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi 70.635.700 so‘mlik soliq va boshqa to‘lovlarni to‘lashdan buyin tovlaganlar.
Bundan tashqari, F.B ma’sul mansabdor shaxs bo‘la turib, uyushgan gurux manfaatlarini ko‘zlab, jinoiy guruh a’zosi A.M bilan birgalikda boshqa shaxslar bilan til biriktirib, mansab vakolatini suiiste’mol qilgan holda 2009 yil davomida Jamiyatda vaqtincha ishlovchi 33 nafar xodimlarga 1 foizli jamg‘arib boriladigan nafaqa to‘lovlari hisoblamasdan, jami 3.222.900 so‘mlik majburiy to‘lovni to‘lashdan qasddan takroran buyin tovlab kelganlar.
F.B jinoiy guruh a’zosi X.M bilan birgalikda, 2009 yil davomida uning javobgarligida bo‘lgan ikki dona vagon, bir dona «SMK-101» rusumli avtokran, bir dona «GAZ-52» rusumli avtomashina, bir dona «KPO press» qurilmasi, bir dona «Stend tex SGN 412» rusumli qurilma, bir dona «TK-24» rusumli konveyr, bir dona payvandlash apparati, bir dona «KP-125-02» rusumli kir yuvish mashinasi, jami 9 turdagi 24.497.400 so‘mlik asosiy vositalarni tegishli tartibda Jamiyat buxgalteriyasi hisobidan chiqarmay, tergov davomida shaxsini aniqlashning imkoni bo‘lmagan shaxslarga sotib yuborib, ulardan tushgan daromadlarni o‘zlarining shaxsiy manfaatlari yo‘lida sarf qilib, Jamiyat xisobiga kirim qilinishi lozim bo‘lgan juda ko‘p miqdordagi mulkni o‘zlashtirish va rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilganlar.
Shuningdek, F.B jinoiy guruh a’zosi A.M bilan birgalikda, «Buxorouyqurilish» OAJ 2008 yil yakuni hisobotlari bo‘yicha moliyaviy zarar bilan chiqkani sababli zarar miqdorini kamaytirib ko‘rsatish maqsadida, o‘ziga berilgan mansab vakolatidan qasddan foydalanib, 2008 yil 12 mart kungi 1-sonli yuk xati asosida «Ergashev Nuriddin» fermer xo‘jaligidan 24.000.000 so‘mga sotib olingan pishiq g‘ishtni yil yakuni bo‘yicha tuzilgan hisobotlarda, guyo 27.990.000 so‘mga sotib olinganini ko‘rsatish orqali rasmiy xujjatlarga takroran soxta ma’lumotlar kiritganlar.
Bundan tashqari, F.B va uyushgan guruh a’zolari A.M., X.M., N.Rlar Jamiyat mulki hisoblangan va ularga ishonib topshirilgan sement, shifer va boshqa qurilish materiallarini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilib, so‘ng mazkur jinoyatni yashirish maqsadida, qaytarib berish sharti bilan 2008 yil 1 dekabr kuni 192 tonna sement va 600 dona shiferni olish bo‘yicha Kogon shaxar Obodonlashtirish va kukalamzorlashtirish bo‘limi bilan Jamiyat o‘rtasida 50-sonli shartnomani tuzishga erishib, ushbu qurilish materiallarini qabul qilib olgach, ularni Jamiyat xisobiga kirim qilmay, 600 dona shiferni N.R.D.ning xisobotidagi kamomadni, 187 tonna sementni esa X.Mning xisobotidagi kamomadni yashirish maqsadida foydalanib, ularni rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilib, Jamiyatga juda ko‘p miqdorda, ya’ni jami 35.868.000 so‘m zarar yetkazganlar.
Shuningdek, F.B 2005 yil dekabr oyida «Buxorouyqurilish» OAJning sobiq tashkiliy shakli bo‘lgan «Buxorosanoatbutlash» ishlab chiqarish kooperativi aksiyalarining 25 foizlik davlat ulushini, ya’ni 3.569.568 so‘mlik 5776 dona aksiyani qo‘lga kiritishni ko‘zlab, ushbu maqsadiga erishish yo‘lida harakat qilib, mazkur aksiyalarni sotilishi bo‘yicha 2005 yil 30 dekabr kuni Buxoro viloyat Tanlov komissiyasi huzurida o‘tkaziladigan tender g‘olibligiga o‘z nomzodligini quyish imkoniyati chegaralangani sababli uyushgan guruh a’zosi T.X bilan til biriktirib, uni tanlovda ishtirok etishiga, Jamiyatga 120.000.000 so‘m miqdorida investisiya kiritish sharti bilan tanlovda g‘oliblikni qo‘lga kiritishiga hamda Buxoro viloyat Davlat mulkini boshqarish boshqarmasi bilan 2006 yil 04 yanvar kungi 86-sonli shartnomani tuzishiga erishib, 2006-2007 yillar davomida investor X.M tomonidan jami 42.204.000 so‘mlik investisiya kiritilgan bo‘lsa-da, 122.356.000 so‘mlik investisiya jixozlari va mablag‘i kirim qilingani to‘g‘risida soxta dalolatnomalarni tuzib, ularda o‘ziga va boshqa shaxslarga tegishli bo‘lgan xususiy mulklarni takroran soxta ma’lumotlar kiritish orqali investor X.M tomonidan kiritilgan kilib ko‘rsatib, ushbu soxtalashtirilgan xujjatlarni tegishli tashkilotlarga taqdim etib, davlatning ishonchini suiiste’mol qilish yo‘li bilan «Buxorouyqurilish» OAJning juda ko‘p miqdordagi 25 foizlik mulkiga bo‘lgan egalik xuquqini jinoiy sherigi X.M bilan birgalikda, qonunga xilof ravishda qo‘lga kiritganlar.
Birinchi bosqich sudi hukm chiqargan vaqtda, sudlanuvchi F.X harakatlarini O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 167-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari, 168-moddasi 3-qismining “a,v” bandlari, 184-moddasining 3-qismi, 189-moddasining 3-qismi, 205-moddasi 2-qismining “a,b,v” bandlari, 206-moddasi 2-qismining “b,v” bandlari, 209-moddasi 2-qismining “a,b” bandlari bilan to‘g‘ri kvalifikasiya qilgan.
Biroq, O‘zbekiston Respublikasining 2015 yil 20 avgustdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga xususiy mulkni, tadbirkorlik sub’ektlarini ishonchli himoya qilishni yanada kuchaytirishga, ularni jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf etishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 391-sonli Qonuniga muvofiq, O‘zbekiston Respublikasi JKning 189-moddasidan uning birinchi va ikkinchi qismlari chiqarilganligi, shuningdek, Jinoyat kodeksidan mas’ul mansabdor shaxs degan atama chiqarilib, JK 205 va 206-moddalarining 2-qismlari yangi tahrirda qabul qilingan.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining 2017 yil 29 martdagi “Fuqarolarning huquq va erkinliklarini ishonchli himoya qilish kafolatlarini ta’minlashga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinganligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi 421-sonli Qonuniga muvofiq JK 189-moddasi sanksiyasidan qamoq jazosi chiqarilgan
O‘zbekiston Respublikasi JKning 13-moddasida qonunning vaqt bo‘yicha amal qilishi ko‘rsatilgan bo‘lib, unga ko‘ra qilmishning jinoiyligini bekor qiladigan, jazoni yengillashtiradigan yoki shaxsning ahvolini boshqacha tarzda yaxshilaydigan qonun orqaga qaytish kuchiga ega, ya’ni ushbu qonun kuchga kirgunga qadar tegishli jinoiy qilmish sodir etgan shaxslarga, shu jumladan jazoni o‘tayotgan yoki o‘tab bo‘lgan shaxslarga nisbatan, agar ular hali sudlangan hisoblansalar, tatbiq etilishi ko‘rsatilgan.
Shu sababli kassasiya sudlov hay’atining 2019 yil 12 iyul kunidagi ajrimi bilan F.Xning harakatini JK 189-moddasining 3-qismidan JKning 189-moddasi 1-qismiga qayta kvalifikasiya qilindi hamda uning aybidan JK 205-moddasi 2-qismining “v” bandi va 206-moddasi 2-qismining “v” bandini chiqarildi.
Shuningdek, uning pensiya yoshiga yetganligini inobatga olib, JK 189-moddasi 1-qismi bilan jazo tayinlashda JK 57-moddasini qo‘llab, jinoyat sodir etilgan vaqtda, ya’ni 2008 yil avgust oyida amalda bo‘lgan eng kam oylik ish haqqi miqdori-20.865 so‘mdan kelib chiqib jarima jazosini tayinlandi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi JK 50-moddasining 6-qismida “Ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinayotgan ayollarga hamda oltmish yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan tayinlanayotgan jazo muddati ushbu Kodeks Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum etish eng ko‘p muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas.” deb qayd etilgan.
Shu o‘rinda O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2006 yil 3 fevraldagi “Sudlar tomonidan jinoyat uchun jazo tayinlash amaliyoti to‘g‘risida”gi 1-sonli qarorining 28-bandida JK 50-moddasining oltinchi qismiga muvofiq, ayollarga, shuningdek 60 yoshdan oshgan erkaklarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish tariqasidagi jazo muddati Jinoyat kodeksi Maxsus qismining tegishli moddasida nazarda tutilgan ozodlikdan mahrum qilish jazosi maksimal muddatining uchdan ikki qismidan ortiq bo‘lishi mumkin emas. Jinoyatlar yoki hukmlar majmui bo‘yicha jazo tayinlanayotgan hollar ham bundan mustasno emasligi to‘g‘risida rahbariy tushuntirish berilgan.
Sudlov hay’ati, yuqorida qayd etilgan Qonun va Oliy sudi Plenumining rahbariy tushuntirishlariga asoslanib, F.Xga nisbatan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish jazolarini qonunga muvofiqlashtirib, kamaytirdi.
F.Tursunov,
KSH-3-08/100-19-sonli ajrimi
Jinoyat ishlari bo‘yicha
Buxoro viloyat sudining
sudyasi