Ijtimoiy tarmoqda "Damas" rusumli, 80K610NA davlat raqam belgili avtomobil haydovchisi qarama-qarshi harakatlanish uchun mo‘ljallangan tomonga chiqib harakatlanganligi aks etgan video tarqaldi.
Video Buxoro viloyati IIB JXX YHXB xodimlari tomonidan o‘rganilib, mazkur avtomobil haydovchisi M.N.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi MJtKning 128⁵-moddasi ikkinchi qismi tartibida ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi.