Bugun 6 may, 2024 yil, dushanba

КИР

Qoidani buzgan "Malibu"ga ma’muriy bayonnoma tuzildi

Qoidani buzgan  "Malibu"ga ma’muriy bayonnoma tuzildi

📱Ijtimoiy tarmoqda "Malibu" rusumli avtomobil haydovchisi Qibray tumani, Universitet ko‘chasida qoidalarni qo‘pol tarzda chetlab o‘tib, boshqa haydovchilarning erkin va xavfsiz harakatiga xalaqit berganligi aks etgan video (https://t.me/UDDU_CHAT/433511) tarqaldi va keng jamoatchilikning muhokamalariga sabab bo‘ldi.

❗️Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan Toshkent shahar IIBB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv olib borilib, qoidani buzgan haydovchi, 1988 yilda tug‘ilgan A.D.ga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 128-5 moddasi ikkinchi qismi tartibida bayonnoma tuzildi.

‼️Barcha haydovchilardan qoidalarga rioya qilishlarini so‘raymiz.

Kiritildi: 21:57 17.09.2021. O'qildi: 2616 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!