Bugun 8 sentyabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Qog‘oz ishlab chiqarish korxonasi tabiiy gazdan noqonuniy foydalanishi natijasida tizimga 340,8 mln so‘mlik zarar yetkazganligi aniqlandi

Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya” tomonidan Bosh prokuratura va huquqni muhofaza qiluvchi boshqa organlar hamda gaz ta’minoti korxonasi mutaxassislari bilan hamkorlikda Namangan viloyatida o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi.

Xususan, Yangi Namangan tumanida joylashgan “V.S.Q.” MCHJga qarashli qog‘oz ishlab chiqarish korxonasi yashirin yo‘l bilan tarmoqqa ulanishi orqali tabiiy gazdan noqonuniy ravishda foydalanib kelayotganligi ma’lum bo‘ldi.

Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur MCHJ tomonidan davlat manfaatlariga jami 340 mln 800 ming so‘mlik (227 ming 200 metr kub) zarar yetkazilgan.

Qoidabuzar iste’molchiga nisbatan belgilangan tartibda chora ko‘rish uchun tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, huquqni muhofaza etuvchi organlarga taqdim qilindi.

Kiritildi: 16:32 12.02.2024. O'qildi: 745 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!