Bugun 12 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qodirovning qizi va o‘g‘li Dubaydagi iqlim sammitiga bordi

Qodirovning qizi va o‘g‘li Dubaydagi iqlim sammitiga bordi

Dubaydagi iqlim sammitida Rossiya delegasiyasi tarkibiga Checheniston rahbari Ramzan Qodirovning farzandlari – 23 yoshli Xadijat va 18 yoshli Ahmad ham kiritildi. Bu haqda “Meduza” xabar berdi.

Checheniston maktabgacha ta’lim boshqarmasi boshlig‘i bo‘lgan Xadichat Qodirovaning ishtiroki, avvalroq boshqarma matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilingan. Ta’kidlanishicha, sammit doirasida Qodirovning qizi ikki tomonlama uchrashuvlar, shuningdek, turli seksiyalarda taqdimotlar o‘tkazishni rejalashtirgan.

Checheniston maktabgacha ta’lim boshqarmasining aniqlik kiritishicha, Qodirova allaqachon Falastin Atrof-muhitni muhofaza qilish agentligi rahbari Nisrin Tamimi va Suriya Atrof-muhit vaziri Husayn Maxluf bilan uchrashgan. Checheniston rahbarining qizi ikki davlat vakiliga ham "insonparvarlik faoliyatning ahamiyati" haqida gapirib bergan.

O‘z navbatida, Ahmad Qodirov COP 28 ishtirokchilar ro‘yxatiga "Umumrossiya ijtimoiy-davlat harakati mintaqaviy bo‘limi kengashi raisi" sifatida kiritilgan. Qodirovning o‘g‘li bo‘lim boshlig‘i lavozimiga tayinlangani noyabr oyida respublika parlamenti rahbari Magomed Daudov tomonidan e’lon qilingan.

Kiritildi: 20:57 04.12.2023. O'qildi: 1703 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!