Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashganini e’lon qildi. U Ukrainadagi urushga «bir necha o‘n minglab askarlarni» yuborishga va’da bergan.
«Davlat rahbariga yana bir bor ta’kidladimki, birinchi topshiriq bo‘yicha bir necha o‘n minglab o‘qitilgan va jihozlangan zahiradagi askarlar maxsus operasiya zonasiga jo‘nab ketishga tayyor», — deb yozdi Qodirov o‘zining telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, harbiy harakatlar boshlangandan beri Checheniston «allaqachon 43,5 ming kishini frontga jo‘natgan, ulardan 18 ming nafari ko‘ngillilardir».