Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Suriyada Bashar al-Assad rejimini ag‘darishda katta rol o‘ynagan «Hayat Tahrir ash-Sham» guruhini Rossiyaning terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatidan chiqarish tartibini boshlashni taklif qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga Suriyada gumanitar falokatning oldini olish uchun bu kerak. «Kollektiv G‘arb Rossiya va Suriyaning yangi hukumatlari o‘rtasida keskinlikni keltirib chiqarishga harakat qilmoqda, ammo biz bunday stsenariyga yo‘l qo‘ymaymiz», deb yozdi Qodirov o‘zining Telegram-kanalida.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Moskva va Damashqda hokimiyat tepasiga kelgan muxolifat kuchlari «birinchi aloqalarni o‘rnatib, muammolarni hal qila oladigan aloqa guruhini» tashkil qilishi kerak.
Qodirov mahalliy huquq-tartibot idoralari bilan birgalikda ko‘chalarni nazorat qilish uchun Checheniston polisiyachilarini Suriyaga yuborishni taklif qildi. «Rossiyaning Suriyadagi har qanday ishtiroki barqarorlik va xalq xavfsizligi maqsadlarini ko‘zlaydi,» - deya qo‘shimcha qildi u.