Bugun 14 mart, 2025 yil, juma

КИР

Qochoq ota Andijondan topildi

Qochoq ota Andijondan topildi

Majburiy ijro byurosi Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Andijon viloyati boshqarmalari qidiruv sho‘’basi xodimlari tomonidan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirida qarzdor M.S. Andijon viloyatida joylashgan tibbiy anjomlarni ishlab chiqarish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi jamiyatda ishlab yurganida topildi.

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Nukus tumanlararo sudining 2024 yil 8 oktyabrdagi ijro hujjatiga asosan undiruvchi N.L. foydasiga tarbiyasidagi bir nafar farzandi ta’minoti uchun qarzdor M.S.ning har oydagi jami daromadining ¼ qismi miqdorida aliment undirish belgilangan. Shunga qaramasdan qarzdor tomonidan aliment to‘lovlari 2024 yilning sentyabr oyidan buyon to‘lanmagan. Ijro hujjati ijrosi ta’minlash maqsadida qarzdorning yashash manziliga bir necha marotaba borilganida, ushbu manzilda yo‘qligi aniqlangan. Shu sababli, Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi davlat ijrochisi tomonidan unga nisbatan qidiruv e’lon qilindi.

Majburiy ijro byurosi Andijon viloyati boshqarmasi qidiruv sho‘’basi xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirida aliment to‘lashdan qochib yurgan ota Andijon viloyatidan topildi. Shu kunning o‘zida qarzdorga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, to‘plangan hujjatlar jinoyat ishlari bo‘yicha Nukus shahar sudiga yuborildi. Onlayn tarzda o‘tkazilgan sud majlisida unga nisbatan 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Kiritildi: 00:51 17.01.2025. O'qildi: 773 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!