Bugun 13 may, 2025 yil, seshanba

КИР

Qobuljon Ahmedov “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori etib tayinlandi

Qobuljon Ahmedov “Yoshlar” ijodiy birlashmasi direktori etib tayinlandi

O‘zbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimida bir qator ijodiy birlashmalar va telekanallar rahbariyatida o‘zgarishlar bo‘lgani aytilmoqda.

Xabarga ko‘ra, "O‘zbekiston 24" ijodiy birlashmasi direktori lavozimiga Madamin Safarov tayinlandi. U shu vaqtgacha MTRK rahbari o‘rinbosari sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

"Yoshlar" ijodiy birlashmasini esa avval "Mening yurtim" telekanaliga rahbarlik qilgan o‘zbek media menejeri Qobuljon Ahmedov boshqaradi. Ushbu birlashmaga “Yoshlar” telekanali va radiosi hamda “Navo” telekanallari qaraydi.

Qobuljon Axmedov 2022 yildan buyon “Mening yurtim” telekanalining bosh direktori sifatida faoliyat yuritib keladi. Uning badiiy rahbarligi va prodyuserligi ortidan o‘zbek mediasida ko‘plab muvaffaqiyatli loyihalar amalga oshirilgan.

"Toshkent" telekanalini boshqargan Nozimjon Mo‘minov endilikda "Sport" telekanali direktori lavozimini egalladi.

Vaqtincha "Yoshlar" ijodiy birlashmasi direktori vazifasini bajaruvchi bo‘lib ishlagan Husniddin Ergashov esa endi "Toshkent" telekanaliga rahbarlik qilishi keltirilgan.

Kiritildi: 22:54 12.05.2025. O'qildi: 359 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!