Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Qiziq fakt! SSSRda nega hojatxona qog‘ozi bo‘lmagan?

Qiziq fakt! SSSRda nega hojatxona qog‘ozi bo‘lmagan?

Hojatxona qog‘ozi SSSRda faqat 1968 yilda paydo bo‘lgan. Mamlakat ushbu gigiyena vositasini ishlab chiqarishni boshlaganidan keyin ham tanqislik yuzaga kelgan. "Rambler" nima uchun 1968 yilgacha hatto SSSR mansabdorlarining hojatxonalarida hojatxona qog‘ozi emas, eski gazetalar bo‘lganini aniqladi.

Qog‘oz o‘rniga gazetalar

SSSRda nima uchun hojatxona qog‘ozi ishlab chiqarilmaganligi haqida ko‘plab versiyalar mavjud. Eng ommaboplaridan biri shundaki, mamlakat rahbariyati sovet fuqarolarining farovonligidan ko‘ra, mashinasozlik va qurol-yarog‘ bilan ko‘proq shug‘ullangan. Shunday qilib, 1968 yilga qadar, turli odamlarning eslashlariga ko‘ra, eski gazetalar SSSRning hojatxonalarida gigiyena uchun ishlatilgan. 

Talab yetishmasligi va tanqislik

Hojatxona qog‘ozi birinchi marta do‘konlarda paydo bo‘lganida, bu Sovet fuqarolarida katta hayajonga sabab bo‘lmadi. Odamlar gazetalarga shunchalik odatlangan ediki, ular o‘z pullarini boshqa qog‘ozga sarflashni befoyda deb bilishardi. Keyin rasmiylar ushbu mahsulotni keng reklama qilish kampaniyasini boshladilar. Uni hamma joyda: gazetalarda, jurnallarda va kinoteatrlarda reklama qilishdi.

Sovet fuqarolari hojatxona qog‘ozi gazetalarga qaraganda yaxshiroq bo‘lishini nihoyat bilgach, uni sotib olishni boshladilar. Biroq, ishlab chiqarish mahsulotga bo‘lgan talabga mos kelmadi. Keyin hojatxona qog‘ozi tanqis bo‘lib qoldi va fuqarolar uni har bir kishi uchun 10-12 donadan sotishgan.

Kiritildi: 00:30 06.08.2020. O'qildi: 11940 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!