Uchrashuvning 38-daqiqasida Muhammadali G‘iyosov gol urib, “Qizilqum”ni oldinga olib chiqqan bo‘lsa, Maykl Babatunde 71-daqiqada hisobni tenglashtirdi. Garchi o‘yinning asosiy vaqti davomida har ikki jamoada bir nechta qulay vaziyatlar sodir bo‘lgan bo‘lsa-da, hisob o‘zgarmadi va jamoalar ekstra taymga yo‘l oldi.
Unda Shahzodbek Rahmatullayev 110-daqiqada “Mash’al” darvozasini ishg‘ol qilgan bo‘lsa, Muhammadali G‘iyosov 120-daqiqada dubl qayd etdi. Shu tariqa, “Qizilqum” 3:1 hisobida g‘alaba qozonib, chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.
Shuningdek, “Olimpik MobUz” va “Xorazm” klublari bahsi 1:2 hisobida yakunlandi.
Bugun O‘zbekiston kubogining nimchorak finalidan o‘rin olgan yana ikkita uchrashuv bo‘lib o‘tadi. Jumladan, Toshkentda «Olimpik» va «Andijon» o‘zaro bahs olib borsa, Olmaliqda «Metallurg» «Surxon»ni sinovdan o‘tkazadi.
Ushbu uchrashuvlar mahalliy vaqt bilan soat 20:30 da boshlanadi.