Bugun 25 avgust, 2026 yil, seshanba

КИР

Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimi tubdan isloh qilinadi

A A A
Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimi tubdan isloh qilinadi

“Qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholash tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-109-son, 07.07.2025 y) qabul qilindi.

🔰 Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholashda raqamli QR kodli yorliqlash, shuningdek, urug‘liklarni yetishtirish va realizasiya qilish bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar reestrini yuritishga asoslangan yangi tizim joriy etiladi.

🏛 “Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari sifatini baholash markazi” davlat muassasasi qishloq xo‘jaligi ekinlari urug‘liklarining sifatini baholovchi yagona vakolatli tashkilot sifatida belgilandi.

🚫 2026 yil 1 yanvardan Bojxona qo‘mitasi tomonidan raqamli QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan import qilinayotgan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini “erkin muomalaga chiqarish” bojxona rejimiga rasmiylashtirish taqiqlanadi.

✔️ 2026 yildan QR kodli yorliqlanmagan va ijobiy ekinboplik xulosasi olinmagan qishloq xo‘jaligi ekinlarining urug‘liklarini realizasiya qilgan tadbirkorlarga BHMning 150 baravarigacha ma’muriy jarima qo‘llanadi.

Kiritildi: 14:03 08.07.2025. O'qildi: 1219 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!