“Qishloq qurilish bank”iga tegishli bo‘lgan “Perfect Insurance” sug‘urta kompaniyasi sotildi. Xarid qiluvchi — “Insurance 888” kompaniyasi. Ma’lumotlar Korporativ axborat yagona portaliga joylashtirilgan.
“Perfect Insurance” sug‘urta kompaniyasini sotish qarori bank kuzatuv kengashi tomonidan 2023 yil, 24 martida qabul qilingan.
Bank dekabr oyida kompaniyaning 100 foiz aksiyalari uchun 51,97 mlrd so‘m narx qo‘ygan bo‘lib, aksiyalarning bir donasi narxi 7 371 so‘mni tashkil qilgan.
Ushbu sug‘urta kompaniyasini sotib olgan “Insurance 888” kompaniyasi 10 mln so‘m ustav kapitaliga ega va ikki oy oldin 1 fevralda tashkil qilingan (ehtimol, aynan “Perfect Insurance”ni sotib olish uchun).
“Perfect Insurance” “Qishloq qurilish bank” tomonida 2019 yilda tashkil qilingan va 2022 yil boshida aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.