Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Qirol Charlz III polisiyaning savollariga javob berishga tayyorligini bildirdi

Qirol Charlz III polisiyaning savollariga javob berishga tayyorligini bildirdi

Qirol Charlz III polisiyaning ukasi, sobiq shahzoda Endryuning “Epshteyn ishi”ga aloqadorligi bo‘yicha savollariga javob berfdi

Bukingem saroyi matbuot kotibining bildirishicha, Buyuk Britaniya qiroli Charlz III ukasi Endryu Mauntbetten-Vindzor haqidagi ma’lumotlarni xavotir bilan kuzatmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, AQSh Adliya vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Epshteyn ishi” bilan bog‘liq hujjatlar orasida Endryuning Singapur, Gonkong va Vetnamdagi safarlari bo‘yicha Epshteynga hisobotlar taqdim qilgani va investisiya imkoniyatlariga oid maxfiy ma’lumotlarni bergani qayd etilgan.

Shundan so‘ng, monarxiyaga qarshi faoliyat yurituvchi Republic tashkiloti polisiyaga murojaat qilib, “mansab vakolatlarini suiiste’mol qilish va davlat sirlarini oshkor etish” bo‘yicha tekshiruv o‘tkazishni so‘ragan.

"Aniq iddaolar janob Endryu Mauntbetten-Vindzorga yo‘naltirilishi lozim. Shu bilan birga, agar polisiya bizga murojaat qilsa, biz ularni qo‘llab-quvvatlashga tayyormiz" , — deya qo‘shimcha qilgan saroy vakili.

Kiritildi: Bugun 13:05. O'qildi: 306 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!