Bugun 3 noyabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonning eng past maoshli viloyatida ish haqi aksariyat viloyatlarimizdan yuqori

Qirg‘izistonning eng past maoshli viloyatida ish haqi aksariyat viloyatlarimizdan yuqori

2021 yilda mamlakatimizda nominal ish haqi Qirg‘izistonga nisbatan 8,4 foizga yuqori bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu farq umuman teskari tomonga o‘zgarib, mamlakatimizda o‘rtacha maoshlar Qirg‘izistonga nisbatan 17,4 foizga pastroq shakllangan. Bu holat mintaqaviy keskinliklar natijasida Qirg‘izistonda daromadlar o‘sishining sezilarli tezlashganligi bilan izohlanishi mumkin.

Pandemiyadan oldingi ikki yilda (2017-2019) Qirg‘izistonda o‘rtacha ish haqi 10 foizga oshgan bo‘lsa so‘nggi ikki yilda 36 foizga (nominalda) o‘sgan (2021 yilga nisbatan 82 foizga). Ta’kidlash kerakki, nominal o‘sishning bir qismi ikkinchi davrda inflyasiyaning sezilarli tezlashganligi bilan ham izohlanadi. Masalan 2017-2019 yillarda kumulyativ inflyasiya 7,4 foizni tashkil etgan bo‘lsa, pandemiyadan keyingi davrda bu ko‘rsatkich 45,4 foizga yetgan. Ammo inflyasiya ta’sirini olib tashlaganda ham o‘sish so‘nggi yillarda sezilarli tezlashgan. Ya’ni, Rossiya-Ukraina urushi va mamlakatdagi ichki o‘zgarishlar daromadlar o‘sishini tezlashtirgan.

Mamlakatimizda esa biroz teskari tendensiya, pandemiyadan oldingi davrda inflyasiya sezilarli darajada yuqori bo‘lgan bo‘lsa, keyingi davrda biroz sekinlashgan. Xususan, 2017-2019 yillarda o‘rtacha yillik inflyasiya 16,1 foizni tashkil etgan bo‘lsa, pandemiyadan keyingi davrda bu ko‘rsatkich 10,2 foizgacha sekinlashgan. Shu ma’noda pandemiyadan oldingi davrda (barcha korxona va tashkilotlar bo‘yicha nominal ish haqining o‘sishi yuqori bo‘lgani tushunarli. Xususan, 2017-2019 yillarda ish haqi 56 foizga oshgan bo‘lsa, 2022-2024 yillarda daromadlarning o‘sishi 37,4 foizni tashkil etgan (2021 yildan buyon 65,4 foiz).

Yana bir qiziq tendensiya 2021 yilda mamlakatimizdagi eng past o‘rtacha ish haqiga ega viloyatda maoshlar Qirg‘izistondagi ikkita viloyatdan yuqori shakllangan. Xususan, 2021 yilda Namanganda o‘rtacha ish haqi O‘sh viloyatiga nisbatan qariyb 25 foizga yuqori bo‘lgan.

2024 yilga kelib esa Qirg‘izistonda eng past ish haqiga ega viloyatdagi maoshlar mamlakatimizdagi 10 ta viloyat (ma’muriy hudud) dan yuqoriroq shakllangan (grafikka qarang). Xususan, hozirgi kunda O‘sh viloyatidagi o‘rtacha ish haqi Namangan viloyatiga nisbatan 17,6 foizga yuqori.

Ikki davlat ma’muriy hududlari orasida eng yuqori maosh Toshkentdaligicha qolmoqda. Lekin 2021 yilda Toshkentda o‘rtacha ish haqi Bishkekdan 36,4 foizga yuqori bo‘lgan bo‘lsa, 2024 yilga kelib bu farq 10,6 foizgacha qisqargan. Ya’ni Bishkek ish haqi bo‘yicha Toshkentni yetib olmoqda.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 674 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!