Bugun 14 fevral, 2026 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat bilan chiqqanlar 2 oyga hibsga olindi

Qirg‘izistonda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat bilan chiqqanlar 2 oyga hibsga olindi

Ularga Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 278-moddasi 1-qismi (“Ommaviy tartibsizliklar”) bo‘yicha ayblov qo‘yilgan.

Mahalliy ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, qo‘lga olinganlar orasida quyidagilar bor:

— Jamoat arbobi Bekbolot Talgarbekov;

— Qirg‘izistonning O‘zbekistondagi sobiq elchisi va mamlakatning sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Emilbek Uzakbayev;

— Jogorku Keneshning sobiq deputati Kurmanbek Diykanbayev;

— Sobiq bosh vazir o‘rinbosari va eks-deputat Aali Karashev;

— Qirg‘iziston ichki ishlar vazirining sobiq o‘rinbosari Kursan Asanov.

Ularning qo‘lga olinishiga sabab 9 fevral kuni e’lon qilingan, 75 kishi imzolagan murojaat bo‘lib, unda 2021 yilda yangi Konstitusiya qabul qilingandan so‘ng yuzaga kelgan huquqiy noaniqlik sababli Qirg‘izistonda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazishni boshlashga chaqirilgan. Prezident Sadir Japarovning fikricha, ushbu murojaat davlat boshqaruvi tizimiga nizo kiritishga urinish bo‘lgan.

Kiritildi: 14:05 13.02.2026. O'qildi: 667 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!