Bugun 13 fevral, 2026 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat bilan chiqqan fuqarolar hibsga olindi

Qirg‘izistonda yangi prezidentlik saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat bilan chiqqan fuqarolar hibsga olindi

Bu haqda mamlakat Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmatiga tayanib, 24 kg xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 9 fevral kuni ijtimoiy tarmoqlarda 75 nafar fuqaro prezident Sadir Japarov hamda Jogorku Kenesh raisi Nurlanbek Turg‘unbek o‘g‘liga mamlakatda muddatidan oldin prezidentlik saylovlarini o‘tkazish bo‘yicha murojaat yo‘llagani haqida xabarlar tarqalgan. Mazkur murojaatni akademiklar, sobiq bosh vazirlar, sobiq parlament a’zolari va jamoat arboblari imzolagan.

Vazirlikka ko‘ra, murojaatdagi ayrim bayonotlar jamoatchilik orasida keskin muhokamalarga sabab bo‘lgan hamda ijtimoiy-siyosiy vaziyatni murakkablashtirgan.

Shu asosda Ichki ishlar vazirligining Tergov xizmati Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining 278-moddasi – ommaviy tartibsizliklar – bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atgan.

Ommaviy tartibsizliklarni uyushtirishda gumonlanib, Emilbek Uzoqboyev, Qurmanbek Diyqanboyev va Bekbolot Talg‘arbekov hibsga olingan. Ular vaqtinchalik saqlash hibsxonasiga joylashtirilgan.

Avvalroq Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi raisi Qamchibek Tashiyev mamlakat prezidenti Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan ozod qilingandi.

Qamchibek Tashiyev sog‘lig‘idagi muammo sababli prezident ruxsati bilan Germaniyaga davolanish uchun borgani, ishdan olingani haqidagi qaror kutilmaganda yuz berganini bildirgan.

Kiritildi: 12:55 12.02.2026. O'qildi: 906 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!