Odilbek Qosimaliyev Qirg‘iziston Vazirlar Mahkamasi raisi va Prezident Administrasiyasi rahbari etib tayinlandi. Tayinlash haqidagi farmonni prezident Sadir Japarov imzoladi.
18 dekabr kuni mamlakat parlamenti – Jogorku Kenesh uning nomzodini tasdiqladi. Qosimaliyev 16 dekabr kuni o‘z lavozimidan ozod etilgan Oqilbek Japarovning dasturini amalga oshirishni davom ettirishga va’da berdi.
Bu lavozimga tayinlangunga qadar Qosimaliyev Vazirlar Mahkamasi raisining birinchi o‘rinbosari, 2015-2018 yillarda esa Moliya vazirligini boshqargan.
Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi rahbari Qamchibek Tashiyevning so‘zlariga ko‘ra, Japarov o‘z lavozimini ma’lum sabablarga ko‘ra, ammo ma’lum holatlar tufayli tark etgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, 6 dekabr kuni Davlat soliq xizmati rahbari va uning o‘rinbosari korrupsiyaviy sxemalarga aloqadorlikda ayblanib hibsga olingan edi.