Bugun 28 iyun, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda O‘zbekistondan sabzavot va mevalar olib kirishni taqiqlash taklif qilindi

Qirg‘izistonda O‘zbekistondan sabzavot va mevalar olib kirishni taqiqlash taklif qilindi

Qirg‘izistonda deputat Balbak Tuloboyev O‘zbekiston va Turkmanistondan sabzavot, meva va rezavor mevalar olib kirishga taqiq joriy etishni taklif qildi. Bu haqda “Tazabek.kg” xabar berdi.

Deputat bunday taklifni 24-iyun kuni Agrar siyosat, suv resurslari, ekologiya va mintaqaviy rivojlanish qo‘mitasining yig‘ilishida ilgari surgan.

Uning fikricha, bu qadam mahalliy fermerlarga o‘z mahsulotlarini sotishga yordam berish uchun zarur.

“Nega o‘zimizniki bo‘la turib, boshqalarni boyitib, ularning mahsulotlarini sotib olishimiz kerak? Biz mahalliy sabzavot, meva va rezavorlarni nafaqat eksport, balki iste’mol qilmoqchimiz”, — dedi u.

Bunga javoban Qishloq xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Kubat Kaseyinov bu masalani ko‘rib chiqishini aytdi.

Kiritildi: 22:44 24.06.2024. O'qildi: 1855 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!