Qirg‘izistonda O‘RVI va gripp holatlari keskin oshgani sababli 50 dan ortiq bog‘cha vaqtincha yopildi, 5 ta maktab onlayn ta’limga o‘tkazildi.
SSV bergan ma’lumotga ko‘ra, o‘tgan haftada 37 mingdan ziyod O‘RVI va gripp holati aniqlandi, 73 foiz bemorlar – bolalar.
Eng ko‘p kasallanish holatlari Bishkek va O‘sh shaharlari, shuningdek Chuy va Botken viloyatlarida qayd etilgan.