Bugun 24 oktyabr, 2025 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda o‘lim jazosining qaytarilishini "regressiv qadam"

Qirg‘izistonda o‘lim jazosining qaytarilishini "regressiv qadam"

Birlashgan Millatlar Tashkilotining inson huquqlari bo‘yicha oliy komissari Folker Tyurk Qirg‘izistonda o‘lim jazosining qaytarilishini "regressiv qadam" va xalqaro huquqning buzilishi deb atadi.

Ta’kidlanishicha, Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risidagi xalqaro pakt va uning Ikkinchi Fakultativ protokolida denonsasiya to‘g‘risidagi qoidalar yo‘q. Bu shuni anglatadiki, ushbu shartnomalarga qo‘shilgan davlatlar uchun o‘lim jazosini bekor qilish yuridik jihatdan imkonsiz va ularga uni qonunchilikka qayta kiritish taqiqlanadi. Shuningdek, ushbu paktdan hech bir davlat bir tomonlama tarzda chiqolmaydi, chunki shunday bandning o‘zi ko‘zda tutilmagan.

"O‘lim jazosining qaytarilishi xalqaro huquqning jiddiy buzilishi va Qirg‘iziston uchun regressiv qadam bo‘ladi. Hukumat o‘lim jazosini qaytarish uchun asos sifatida ko‘rsatayotgan jinoyatlar, shubhasiz, dahshatli va ular bo‘yicha adolatli hukm chiqarilishi kerak. Biroq o‘lim jazosi og‘ir jinoyatlarni jilovlashda muhim rol o‘ynashi haqida dalillar yo‘q", — deya tushuntirdi BMT Inson huquqlari bo‘yicha Oliy komissari Folker Tyurk.

Qirg‘izistonda 2025 yil sentyabr oyi oxirida 17 yoshli Aysulu Mukashevaning zo‘rlanishi va o‘ldirilishi ortidan o‘lim jazosini qaytarish masalasi ko‘tarildi.

Prezident Sadir Japarov Qirg‘iziston Konstitusiyasiga bolalarni zo‘rlash, shuningdek, keyinchalik bolalar yoki kattalarni o‘ldirish bilan bog‘liq zo‘rlash uchun o‘lim jazosini qo‘llashga ruxsat berish bo‘yicha o‘zgartirishlar kiritishni buyurgandi. Mamlakat Konstitusiyasiga o‘lim jazosini joriy etishni nazarda tutuvchi o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihasi tayyor, yaqin haftalarda respublikada ushbu masala bo‘yicha referendum o‘tkazilishi kutilmoqda.

Kiritildi: 21:28 21.10.2025. O'qildi: 942 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!