Bu haqda bugun Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov tomonidan imzolagan “Qirg‘iziston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonunda qayd etilgan.
Mazkur qonunga ko‘ra, endilikda sudlangan shaxslar Qirg‘iziston Respublikasi prezident, Jogorku Kenesh deputati, hukumat raisi va boshqa yuqori lavozimlarni egallay olmaydi.
Shuningdek, diniy arboblar o‘z faoliyatini to‘xtatgan kundan boshlab 5 yil davomida prezident va Jogorku Kenesh deputati bo‘la olmaydi.