Deputat Marlen Mamataliyev meros huquqini ota-onasi vafotidan oldin kamida 5 yil parvarish qilgan bolalarga berishni taklif qildi.
Ota-onasini qariyalar uyiga berganlar esa barchasidan mahrum bo‘ladi.
Qirg‘iz odatlariga ko‘ra, agar vasiyatnoma tuzilmasa, ota-onaning mulki avtomatik tarzda kenja o‘g‘ilga o‘tadi.
Boshqa hollarda, aniq vasiylar bo‘lmagan taqdirda, meros vasiylik qiluvchilarga yoki vasiyatnomada ko‘rsatilgan shaxslarga o‘tadi.