Bugun 5 may, 2025 yil, dushanba

КИР

Qirg‘izistonda milliy bosh kiyimni haqorat qilganlar jarimaga tortiladi

Qirg‘izistonda milliy bosh kiyimni haqorat qilganlar jarimaga tortiladi

Qirg‘iziston Respublikasida milliy bosh kiyim hisoblangan - Oq qalpoqni haqorat qilganlar jarimaga tortilishi haqida ma’lum qilindi. Bu haqda Qirg‘iz parlamenti deputatlari ushbu milliy kiyimga Respublikaning milliy ramzi statusini berish borasida taklif kiritdilar.

islam-today.ru nashrining xabar berishicha, ushbu taklif bugungi kunda muhokamaga kiritilgan. Oq qalpoq milliy bosh kiyimiga milliy ramz statusini berish to‘g‘risida gi qonun loyihasiga parlament sessiyasining birinchi o‘quvida qabul qilingan.

Yaqin kunlarda qonun qabul qilinishi kutilmoqda. Qonun bilan Oq qalpoqni milliy belgi sifatida hurmat qilishga chaqirish, milliy belgini himoya qilish ko‘zda tutilgan.

Milliy ramzni haqoratlagan, unga nisbatan hurmatsizlik ko‘rsatganlar uchun jarima qo‘llash ko‘zda tutilmoqda. Ma’lumot uchun, jismoniy shaxslar uchun 1000 som (15 AQSh dollari) va yuridik shaxslar uchun 5000 som (72 AQSh dollari) miqdorida jarima ko‘zda tutilmoqda.

Manba: muslim.uz

Kiritildi: 23:24 03.03.2019. O'qildi: 6477 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!