Qirg‘izistonning Chuy viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi xodimlari mamlakat hududida noqonuniy harakatlar va ommaviy tartibsizliklar uyushtirishni rejalashtirgan uyushgan jinoiy guruhni aniqlab, faoliyatini to‘xtatdi.
Qayd etilishicha, guruh tarkibiga, xususan, sobiq siyosiy arboblar va fuqarolik faollari kiritilgan.
Mazkur holat yuzasidan ommaviy tartibsizliklar moddasida nazarda tutilgan jinoyat tarkibiga ko‘ra jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari davomida ushbu guruhning faol a’zolaridan biri – Qirg‘iziston Respublikasi Jalolobod viloyati To‘qto‘g‘ul tumanida yashovchi, 1978 yilda tug‘ilgan shaxs aniqlanib, qo‘lga olindi.Olib borilgan tintuv ishlari natijasida uning noqonuniy faoliyatga aloqadorligini tasdiqlovchi keng qamrovli dalillar aniqlanib, qo‘lga olindi.
Shuningdek, O‘sh viloyatining Qora-Suv tumanida tug‘ilgan 1998 yilda tug‘ilgan shaxs ham qo‘lga olingan. Huquq-tartibot idoralari vakillarining so‘zlariga ko‘ra, jinoiy guruh sheriklariga mo‘ljallangan pul mablag‘larini legallashtirish bo‘yicha bank operasiyalari u orqali amalga oshirilgan.
Tergov tadbirlari davom etmoqda.