Avval xabar berganimizdek, Qirg‘iziston parlamenti internetdagi porno saytlarga kirishni taqiqlash bo‘yicha qonun loyihasini ko‘rib chiqmoqda. Bu masala bo‘yicha bahs-munozaralar ancha qizg‘in kechmoqda. Hozirda taqiq haqidagi taklif parlamentda birinchi o‘qishda ma’qullandi, biroq qonun loyihasiga ayrim o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishi kutilmoqda.
Masalan, deputat Akkuulu Berdiyevning ta’kidlashicha, pornografiya tufayli mamlakatda tug‘ilish darajasi pasaygan. Deputat Marlen Mamataliyev esa porno kontent xalq qadriyatlariga zid ekani va mamlakat kelajagiga zarar yetkazishini bildirdi. Biroq porno saytlarga kirishni cheklash tarafdori bo‘lgan boshqa bir deputat — Ishaq Masaliyev aksincha, pornografiya demografiyani oshiradi degan fikrni ilgari surdi.
Mutaxassislar esa bir fikrga kelishgan: agar keng ko‘lamli tarbiya ishlari va to‘g‘ri qadriyatlarni shakllantirish bo‘yicha tashabbuslar amalga oshirilmasa, faqatgina taqiqlar bilan pornografiya muammosini hal qilib bo‘lmaydi.