Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Qirg‘izistonda Jetim-Too konini o‘zlashtirish bo‘yicha tortishuvlar avj oldi

Qirg‘izistonda Jetim-Too konini o‘zlashtirish bo‘yicha tortishuvlar avj oldi

Prezident Japarov ayrim fuqarolarni yolg‘on gaplar bilan xalqni bezovta qilmaslikka chaqirib, ularni soxta vatanparvar deb atadi.

Jamiyatning bir qismi temir konini o‘zlashtirishni boshlash tarafdori. Ularning fikricha, bu byudjetga katta daromad keltirishi, ish haqining oshishi, mahalliy aholi turmushining yaxshilanishiga xizmat qiladi.

Ularga muxoliflar esa, yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ekologik muammolar, shuningdek, korrupsiyaga oid firibgarlik ehtimolidan qo‘rqishmoqda.

Prezidentning aytishicha, hozircha ish boshlash haqida gap yo‘q, rasmiylar faqat ruda zahiralari miqdorini aniqlamoqda. Shu bilan birga, u konning o‘zlashtirilishi Qirg‘iziston taraqqiyotiga yordam berishini ta’kidladi.

Jetim-Too — mamlakatdagi eng yirik qora va rangli metallar koni (Norin viloyatida joylashgan). Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, unda 50 milliard dollarlik xomashyo zaxirasi mavjud.

Kiritildi: 21:42 14.08.2022. O'qildi: 6104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!