Bugun 22 fevral, 2025 yil, shanba

КИР

Qirg‘izistonda ekoshahar barpo etiladi

Qirg‘izistonda ekoshahar barpo etiladi

Qirg‘izistonda 353,3 gektar maydonli yangi ekologik toza Kemin-Siti shahri quriladi. Mamlakat prezidenti Sadir Japarov bu haqda farmon imzoladi va hujjatda fuqarolarni uy-joy bilan ta’minlash "mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri" ekanligini ta’kidladi.

Yangi shaharni Chuy viloyatining Kemin tumani hududida barpo etish rejalashtirilmoqda. Kemin-Siti qurilishi konsepsiyasi 2025 yil 1 iyungacha ishlab chiqilib, tasdiqlanishi lozim.

Qirg‘iziston prezidentining farmonida, shuningdek, shu muddatgacha investorlar bilan muzokaralar olib borish va loyihani amalga oshirish bo‘yicha tegishli investisiya bitimini imzolash zarurligi qayd etilgan.

Kiritildi: 21:48 30.01.2025. O'qildi: 1123 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!