- Advokatlar va notariuslar ham qirg‘iz tilini yetarli darajada bilmasa, lisenziya olish huquqidan mahrum bo‘ladi.
- Ko‘rsatuv va eshittirishlarning kamida 60 foizi davlat tilida bo‘lishi shartligi belgilanmoqda.
- Qirg‘iz tilini yetarli darajada bilmaslik mamlakatda doimiy yashash uchun ruxsatnoma berishni rad etishga asos bo‘ladi.
- Chet el fuqarolari ham qirg‘iz tilini bilmasa, immigrant maqomini ololmaydi.
Deputatlar davlat tilini qo‘llash bilan bog‘liq ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi.